Almazbek Atamboyev o‘zbek-qirg‘iz nizosida ayblanyapti
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga 2010 yildagi o‘zbek-qirg‘iz nizosi bo‘yicha mansabni suiiste’mol qilish ayblovi qo‘yilmoqda. Bu haqda uning advokati «Interfaks»ga ma’lum qilgan.
«2010 yil iyun voqealari bo‘yicha Almazbek Atamboyev mansabni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda. U shubhali xabar olish va hujjatlarni imzolash bilan bog‘liq barcha tergov harakatlarida qatnashishdan bosh tortgan. Atamboyev iyun voqealarining oldini olishi mumkin edi», degan advokat.
Qirg‘iziston voqealari bo‘yicha tergov ishi 2021 yilda amaldagi prezident Sadir Japarov topshirig‘iga ko‘ra qayta tiklangan.
Iyun voqealari
2010 yil 10-15 iyun kunlari Qirg‘iziston janubidagi O‘sh va Jalolobod viloyatlarida o‘zbek va qirg‘iz to‘qnashuvi yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 442 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq odam jarohat olgan.
O‘sha paytda aprel oyida Atamboyev vaqtinchalik hukumatning iqtisod bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan va iyulgacha ishlagan.
Atamboyev 2020 yil Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unga Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan ayblov qo‘yilgan.
2021 yilda esa Qirg‘iziston Oliy sudi Almazbek Atambayevning 2013 yilda jinoiy to‘da boshlig‘i Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish haqidagi ishini qayta tiklagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter