Subsidiya olish uchun arizani elektron shaklda yuboring!
Daromadi yuqori bo‘lmagan aholini uy-joy bilan ta’minlash, yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta yoqildi.
An’anaviy usuldagi davlat xizmatlaridan afzallik jihati:
- xulosalarni to‘plash uchun o‘nlab tashkilotlarga borilmaydi;
- mas’ullar eshigi oldida navbat kutib, vaqt o‘tkazilmaydi;
- korrupsiya va tanish-bilishchilik tufayli rad javobini olish kabi muammolarga duch kelinmaydi.
Boshqa xizmatlardan farqi?
Doimiy emasligi. Amal qilish muddati me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanishiga qarab belgilanadi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati...
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1 martidan 1 oktyabrigacha etib belgilanadi (bu muddat o‘zgarishi mumkin).
Qabul qilingan arizalar 1 oy davomida o‘rganiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, Qorqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahriga ajratiladigan kvotalar har yili Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va o‘zgarib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter