Stromboli vulqoni portladi (video)
Bugun, ya’ni 16-noyabr kuni faol Stromboli vulqonidagi kraterlardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Italiyaning «Il Mattino» gazetasi xabar berdi.
Vulqon Sitsiliya shimolidagi Tirren dengizidagi Stromboli orolida joylashgan. Nashrning ma’lum qilishicha, u 100 m balandlikka uloqtirgan kul odamlar yashaydigan hududlarni qoplagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Stromboli vulqoni uchta kraterdan iborat. 2019-yil iyulda vulqon otilishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi yengil jarohatlangan. Uning oxirgi yirik faolligi 2009-yilda qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter