Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bandar-Abbosdagi portlashda Isroilning qo‘li borligi aytildi

Bandar-Abbosdagi portlashda Isroilning qo‘li borligi aytildi

Foto: GuildHall

Isroil Bandar-Abbosdagi portlashga aloqador — eronlik deputat Muhammad Sirojning ta’kidlashicha, «dalillar» shunga ishora qilmoqda.

Bu tasodif emas, aniq dalillar Isroilning aloqadorligini tasdiqlamoqda, dedi u.

«Portlovchi moslama konteynerlarga ular jo‘natilgan mamlakatlarda yoki transport yo‘nalishi davomida o‘rnatilgan. Konteynerlarga portlatgichlar o‘rnatilishida ichki manbalarning qo‘li borligini ham istisno qilmaymiz. Portlashlar to‘rtta turli joyda yuz berdi», — qo‘shimcha qildi deputat.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Bandar-Abbosdagi portlash qurbonlari soni 36 nafarga yetgan. 28-aprel Eronda motam kuni deb e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring