SSV markaziy apparatidagi 9 ta rahbarlik lavozimiga tayinlovlar amalga oshirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparatidagi rahbarlik lavozimlariga o‘tkazilgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Riskiyev Umidulla Raxmatullayevich
- Riskiyev Umidulla Raxmatullayevich — Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
U o‘z faoliyati davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi favqulodda vaziyatlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
U. Riskiyev 2006-yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.
Tadjiyev Xayrulla Kanimkulovich
- Tadjiyev Xayrulla Kanimkulovich — Sog‘liqni saqlash vazirligining Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
Bunga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filiali direktori, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
X. Tadjiyev 1997-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.
Yoqubov Javodbek Toirjon o‘g‘li
- Yoqubov Javodbek Toirjon o‘g‘li — Sog‘liqni saqlash vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
Bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining “Sharqiy O‘zbekiston geologik tasvirlash-izlash ekspeditsiyasi” davlat korxonasi huquqshunosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi bosh yuriskonsulti lavozimlarida faoliyat yuritgan.
J. Yoqubov 1996-yil 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti, 2001-yilda esa Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Yusupova Sanobar Maksadovna
- Yusupova Sanobar Maksadovna — Sog‘liqni saqlash vazirligining Yuridik boshqarma boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
Bunga qadar vazirlikning Yuridik bo‘lim yetakchi yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.
S. Yusupova 2018-yil Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan.
Gulyamov Zafar Ibragimovich
- Gulyamov Zafar Ibragimovich — Sog‘liqni saqlash vazirligining Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i – bosh buxgalter lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
U o‘z faoliyati davomida Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasini Moliyalash, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i, Moliya vazirligining Toshkent viloyatidagi Nazorat-taftish boshqarmasi hisobchi-taftishchi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Z. Gulyamov 2009-yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutining (buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishida) bakalavriat, 2011-yil magistratura bosqichini tamomlagan.
Aslonov Ilhom Nurulloyevich
- Aslonov Ilhom Nurulloyevich — Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi Shoshilinch va tez tibbiy yordamni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
Bunga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialining tez yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokor o‘rinbosari lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
I. Aslonov 1997-yil Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Xamrakulov Azizbek Xayrullo o‘g‘li
- Xamrakulov Azizbek Xayrullo o‘g‘li — Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi Statsionar yordamni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
Bunga qadar Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi laboratoriya bo‘limi mudiri, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali laboratoriya bo‘limi mudiri lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
A. Xamrakulov 2011-yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan.
Kuchkarova Munira Kaxramonovna
- Kuchkarova Munira Kaxramonovna — Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy statistika va istiqbolni aniqlash boshqarmasi Tibbiy statistika va ma’lumotlar tahlili bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
U o‘z faoliyati davomida Salomatlik va tibbiy statistika instituti direktor o‘rinbosari, Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
M. Kuchkarova 1986-yil Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Djumayeva Gulchehra Turabovna
- Djumayeva Gulchehra Turabovna — Sog‘liqni saqlash vazirligining Tibbiy statistika va istiqbolni aniqlash boshqarmasi Xalqaro indikatorlar va istiqbolni aniqlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.
Bunga qadar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli talabalar poliklinikasi bosh shifokori, Olmazor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 14-sonli oilaviy poliklinikasi bosh shifokori lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
G. Djumayeva 1993-yil 1-Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter