Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Singlisini itlardan qutqargan 6 yoshli bolakay boks bo‘yicha chempion deb tan olindi

Singlisini itlardan qutqargan 6 yoshli bolakay boks bo‘yicha chempion deb tan olindi

Foto: «Wgntv.com»

Butunjahon boks kengashi (WBC) olti yoshli Brijer Uokerni faxriy chempion deb tan oldi. Bu haqda tashkilotning Twitter-akkauntida xabar berilgan.

Tashkilot bolani ko‘rsatgan jasorati uchun chempion deb tan oldi. Olti yoshli Uoker singlisini itlarning hujumidan qutqarib qolgan. Natijada itlar uning o‘zini talab tashlashgan. Olgan jarohatlari natijasida shifokorlar bolaning yuziga 90 ta chok tushirishdi.

«Agar kimdir o‘lishi kerak bo‘lsa, bu men bo‘laman, dedim o‘zimga-o‘zim», — deya so‘zlab berdi bolakay.

WBC — dunyodagi yetakchi to‘rtta boks tashkilotidan biri. WBC yo‘nalishi bo‘yicha og‘ir vaznda amaldagi jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri sanaladi.

2020-yil fevral oyida Fyuri ilgari mag‘lubiyat nimaligini bilmagan amerikalik Deontey Uaylder ustidan g‘alaba qozondi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring