Uchtepadagi «Nikolay tangasi»ning «misi chiqdi»
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi hamda IIV ShXBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro M.ni qadimiy tilla tangalarni o‘tkazish orqali daromad orttirishga qiziqtirib, tilla rang ko‘rinishidagi 20 dona tangalarni «Nikolay-5» tilla tangasi deb har birini 300 AQSh dollaridan hisoblab, jami 6 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter