So‘x aeroportiga birinchi samolyot qo‘ndi
So‘x tumanining «Navobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan yangi aeroport, dastlabki sinov parvozini qabul qildi.
Farg‘ona xalqaro aeroportidan amalga oshirilgan sinov Humo Air aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida amalga oshirildi. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga ko‘tarilgan layner, soat 13:10 da So‘x aeroportiga kelib qo‘ndi. Javohir Ma’rupov komandirligidagi ekipaj tomonidan amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatli yakunlandi.
Samolyot shu kunning o‘zida qayta Farg‘onaga parvoz qilgan va soat 14:07da yana Farg‘ona xalqaro aeroportiga yetib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter