Somon yo‘lining qo‘shni galaktika bilan to‘qnashish ehtimoli hisoblab chiqildi
Finlyandiya, Fransiya va Buyuk Britaniya olimlaridan iborat jamoa bizning galaktikamiz — Somon yo‘li qo‘shni Andromeda galaktikasi bilan kelgusi 10 mlrd yil ichida to‘qnashib ketishi mumkin degan xulosaga kelishdi.
Andromeda Somon yo‘lidan 2,5 mln yorug‘lik yili olislikda bo‘lib, soniyasiga 110 kilometr tezlikda shiddat bilan yaqinlashib kelmoqda. Bungacha ham astronomlar ikki galaktika to‘qnashib, qo‘shilib ketishi va yangi galaktika hosil bo‘lishini taxmin qilishayotgandi.
Yangi tadqiqot ham shuni tasdiqlamoqda, ammo bu uzil-kesil xulosa emas, Andromeda bilan to‘qnashish ehtimoli — 50 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter