Shahrihon, Oltinko‘l va Urgut tumani soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi
![Shahrihon, Oltinko‘l va Urgut tumani soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1784553821.jpg)
Soliq tizimi organlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda DSQ matbuot xizmati.
Mashrapov Jasurbek Ro‘zimaxammat o‘g‘li Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan.
J.Mashrapov 1989-yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligiga ega.
Hamidov Botirjon Aripdjanovich Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 1978- yilda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini, 2005-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha ingliz filologiyasi, huquqshunoslik mutaxassisliklariga ega.
Almasov Akbar Asrorqulovich Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
A.Almasov 1982-yilda Samarqand viloyatining Tayloq tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter