Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘lom turmush sari: ayollar «Milliy bank kubogi» uchun kortga chiqishdi (video)

Sog‘lom turmush sari: ayollar «Milliy bank kubogi» uchun kortga chiqishdi (video)

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 30-oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni e’lon qilingan edi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki shunga monand muntazam ravishda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sport rivojini targ‘ib etib kelmoqda. Xususan, 27 mart sanasida Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida ayollar uchun qiziqarli musobaqa o‘tkazildi.

«O‘zmilliybank» AJ bejizga O‘zbekiston tennis federatsiyasining asosiy homiylaridan hisoblanmaydi. Sportning ushbu turi bo‘yicha «O‘zmilliybank» AJ kubogi uchun tashkil etilgan «Navro‘z» tennis turnirida 70 yoshgacha bo‘lgan 30 nafardan oshiq havaskor sportchilar ishtirok etdilar.

— Mamlakatimizda ayollar uchun bunday darajadagi musobaqa ilk marta tashkil etilmoqda. Buning uchun asosiy homiy — «O‘zmilliybank» AJ ga ulkan minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Musobaqa yurtimizda tennis rivojiga katta ta’sir ko‘rsatadi, — dedi sobiq tennischi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Iroda To‘laganova.

Foto:«Xabar.uz»

Musobaqa davomida shuningdek qiziqarli tanlovlar, ko‘ngilochar interaktivlar va fleshmoblar o‘tkazildi. Akvagrim va animatorlar bilan birga bolalar hududida shirinliklar ham ulashildi.

Juftlik bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar finaliga Olga Vlaseva-Greta Grigoryan hamda ona-bola sportchilar — Farida Musina-Kamila Musinalar chiqishdi. Murosasiz o‘tgan bahsda Olga Vlaseva-Greta Grigoryanlar juftligi g‘alaba qozondi.

Musobaqa g‘oliblariga sovrin va 5 million so‘mdan mukofot berilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari mos ravishda 3 million hamda 2 million so‘mdan taqdirlanishdi.

«O‘zmilliybank» AJ bundan keyin ham sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlarni faol tashkil etadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring