Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vazir va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi

Sobiq vazir va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida A. Voitov (Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) va boshqalarga (jami 50 kishi) oid jinoyat ishini jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 184, 185-2, 189, 205, 206, 28,209, 209, 211, 228 va 243-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

29 nafar sudlanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish», 15 nafariga «garov»  va 6 nafariga «munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring