Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vazir Aziz Voitov ustidan sud jarayoni 15 avgustda boshlanadi

Sobiq vazir Aziz Voitov ustidan sud jarayoni 15 avgustda boshlanadi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga doir jinoyat ishini ko‘rib chiqish 15 avgust, payshanba kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida boshlanadi.

Bu haqda Oliy sudning «Sud majlislari jadvali» portalida ma’lum qilingan.

Aziz Voitov Jinoyat kodeksining 4 ta – 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, «v» bandi, 205-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi «a» bandi, 206-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi «a» bandi, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Mazkur jinoiy ish doirasida sobiq vazirga jinoiy sherik sifatida ikki nafar tadbirkor ham jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, vazirlikni bir yildan ortiqroq muddat boshqargan Aziz Voitov 2023-yil dekabr oyida qamoqqa olingan edi.

Shuningdek, u Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring