Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq hokim Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi

Sobiq hokim Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi. 

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2022 yil 26 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, B. Haydarov 10 yil ozodlikdan mahrum qilingandi.

U Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgandi.

Eslatib o‘tamiz, tergov arafasida Bahrom Haydarov shifoxonaga yotqizilgandi. Uning yurak aritmiya kasalligi bilan og‘rigani aytilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring