Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

2025-yil 12-may kuni Sloveniya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi elchisi Alenka Suxadolnik o‘z faoliyatini boshladi. U O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda vazirning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi. 

Bayonotda ta’kidlanishicha, elchi Suxadolnikning tayinlanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. 2025-yil uchun ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi boy va istiqbolli bo‘lib, turli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring