Siz bir vaqtning o‘zida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirib olishingiz mumkin — buning oqibati yomon
Bir vaqtning o‘zida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirib olish nihoyatda xavfli. Chunki odamning immuniteti birato‘la ikkita kasallikka qarshi kurashishi qiyin. Bu haqda Portlenddagi tibbiyot markazi shifokori Ravi Tomar Britaniyaning «Daily Express» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shifokor koronavirus bilan grippning qo‘shilib kelishidan ogohlantirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birato‘la ikkita virusni yuqtirib olish ehtimoli hamisha bo‘lgan. Ayniqsa, 65 yoshdan oshgan keksalar, homilador ayollar, shuningdek, diabet, astma va yurak-qon tomir kasalliklaridan qiynalayotgan odamlar bunday muammoga ko‘proq duch kelishadi. Ekspertning ta’kidlashicha, bordi-yu, odam birato‘la ikkita virusni yuqtirib oladigan bo‘lsa, uzoq vaqt davolanishiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bunday holat o‘lim xavfini oshirishini unutmaslik kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter