Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Siyosiy an’ana»: Makron va Le Pen debatlar rekordini yangilashdi

«Siyosiy an’ana»: Makron va Le Pen debatlar rekordini yangilashdi

Foto: ZN

Fransiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turi arafasida kecha, 20-aprel kuni Emmanuel Makron va Marin Le Pen o‘rtasida debat o‘tkazildi.

Mamlakatning ichki muammolari — ijtimoiy va iqtisodiy masalalardan tortib Rossiya bilan munosabatlargacha mavzularni muhokama qilishga naq 2 soatu 50 daqiqa sarflandi, ya’ni 10 yil muqaddam o‘rnatilgan eng uzoq debat rekordi yangilandi.

Fransiya prezidentligiga nomzodlarning debatini translyasiya qiluvchi BFMTV telekanali teletomoshabinlarning ovoz berish natijalarini e’lon qildi. Elabe, L’Express va SFR birgalikda o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra,tomoshabinlarning 59 foizi ushbu debatda Makronning so‘zlari ishonchli chiqqanini bildirishdi, 39 foizi Le Pen o‘z qarashlarini yaxshiroq himoya qildi, degan fikrda, qolgan 2 foiz tomoshabin neytral pozitsiyada qoldi.

Fransiyada prezidentlikka nomzodlar o‘rtasidagi debatlarga jurnalist Alen Dyuamel qariyb 50 yil asos solgan. Makron – Le Pen debatidan oldingi eng uzoq debat 2012 yilda ikkinchi muddat uchun kurashayotgan prezident Nikolya Sarkozi va uning raqibi — sotsialist Fransua Olland o‘rtasida kechgandi.

Ikkinchi tur arafasida nomzodlarning debat o‘tkazishi majburiy emas, biroq Fransiyada bu siyosiy an’anaga aylanib ulgurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring