Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda uyga o‘g‘rilikka tushgan shaxs 14 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirdi

Sirdaryoda uyga o‘g‘rilikka tushgan shaxs 14 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirdi

Joriy yil 20-avgust kuni soat 04:00larda noma’lum shaxs Sirdaryo viloyati Xovos tumani, Minor ko‘chasidagi uylarning biriga yashirin kirib, uyning barcha xonalaridan pul va qimmatbaho buyumlarni izlash jarayonida yotoqxonada yotgan 14 yoshli qizni, uning yuzini ko‘rib qolganligi sababli, pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Xabar.uz nashriga ma’lum qilishicha, shundan so‘ng, o‘g‘ri pullarni qidirishni davom ettirib, uyning boshqa xonasida nomoz o‘qish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan 78 yoshli ayolga pichoq bilan tahdid qilgan holda pullar qayerda ekanligini talab qilgan. Biroq, ayoldan «pullar yo‘q» degan javobni olgach, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Xovos tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni fosh etish borasida tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 1997-yilda  Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, oxirgi marotaba 2018-yilda bosqinchilik bilan sudlanib, hozirda manzil koloniyada jazo o‘tayotgan shaxs sodir etganligi aniqlandi.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring