Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari qimmatbaho mashina sabab «hayfsan» oldi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari qimmatbaho mashina sabab «hayfsan» oldi

Tarmoqda Sirdaryo viloyati hokimligi 477 million so‘mga qimmatbaho avtomobil xarid qilayotgani bo‘yicha xabar tarqalgandi. 

E-qaror  portalidagi hujjatga ko‘ra, viloyat hokimligi hamda «Rodell» OAJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi (hamda ushbu shartnomaga asosan «KIA Sorento Comfort» rusumli avtomashina sotib olish uchun Rodell OAJ o‘tkazilgan 477900,0 (to‘rt yuz yetmish yetti million to‘qqiz yuz) ming so‘m mablag‘ hokimlikning hisob raqamiga qaytarildi. 

Viloyat hokimining 2021-yil dekabr oyidagi farmoyishi bilan viloyat mahalliy budjeti daromadlarining 3-chorak rejasidan oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan 477900,0 (to‘rt yuz yetmish yetti million to‘qqiz yuz) ming so‘m mablag‘ «Saxovat va ko‘mak jamg‘armasiga» yo‘naltirildi.

Shuningdek, viloyat mahalliy budjeti mablag‘larini ishlatilishini hamda davlat haridlari to‘g‘risidagi talablarni yetarli nazorat qilmaganligi uchun viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Karimov Anvar Rasulovichga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Viloyat hokimligining rasmiy veb-saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra hokimlik balansida 2021 yil dekabr oyi holati bo‘yicha 14 ta xizmat avtomashinalari mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring