Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyaliklar pensiya islohotiga qarshi ovoz berishdi

Shveysariyaliklar pensiya islohotiga qarshi ovoz berishdi

Foto: Mail.ru

22-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda Shveysariya aholisi hukumat ilgari surayotgan pensiya islohotiga qarshi ovoz berdi, deyiladi Bloomberg xabarida.

Islohot pensiyani qayta hisoblash koeffitsiyentini 6,8 foizdan 6 foizga kamaytirishni nazarda tutardi, uning asosida pensiya to‘lovlari miqdori hisoblab chiqiladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning faqat uchdan bir qismi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. Endi Shveysariya hukumati muqobil pensiya islohoti haqida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.

Mart oyida ham Shveysariyada referendum o‘tkazilgan va aksariyat aholi katoliklarning Rojdestvo bayrami arafasida 13-pensiya (13-oylik kabi) berilishini ma’qullagandi. Shuning barobarida, shveysariyaliklar pensiya yoshini 65 dan 66 yoshga oshirish taklifini rad etishdi.

Hisob-kitoblariga ko‘ra, pensiya islohotining qabul qilinmasligi oqibatida davlat budjetiga yiliga 4 mlrd shveysar franki ($4,52 mlrd atrofida) miqdorida bosim tushadi. Ammo yaqin yillarda pensiyalarni to‘lash uchun puldan muammo bo‘lmaydi, deya va’da bermoqda hukumat o‘z xalqiga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring