Shveysariyalik erkak ikki soatdan oshiq qor ichida yotib, rekord o‘rnatdi

Shveysariyada erkak eng uzoq vaqt qor ostida turish bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deb xabar bermoqda UPI.
Shveysariyalik professional pauerlifter Elias Meyer zich qor qatlami ostida ikki soatu yetti soniya vaqt o‘tkazib, Ginnesning rekordlar kitobi rekordini o‘rnatdi.
Rekord chidamlilik sinovi doirasida o‘rnatildi: sportchi imkon qadar uzoq vaqt davomida qor bilan bevosita aloqada bo‘lishi kerak edi. Avvalgi rekord 2022 yilda bir soatu 45 daqiqa qor ichida yotgan polshalik Valerian Romanovskiyga tegishli edi.
Meyer tog‘larda qor qoplami ayniqsa zich va chuqur bo‘lgan joyni tanladi. O‘sha kuni havo harorati minus 10 daraja sovuq edi.
Meyerning so‘zlariga ko‘ra, eng qiyin narsa sovuq emas, balki qorning tanadagi jismoniy bosimi edi:
“Kuchli qor meni og‘irlashtirdi, yelkam va tirsaklarim og‘ridi”, deb tan oldi u.
Eliasning aytishicha, uning maqsadi inson tanasi aql bovar qilmaydigan narsalarga qodir ekanligini ko‘rsatish, buning uchun u jismoniy va ruhiy jihatdan to‘g‘ri tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter