Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya Ukrainaga harbiy yordamni 4 baravarga oshirishini e’lon qildi

Shvetsiya Ukrainaga harbiy yordamni 4 baravarga oshirishini e’lon qildi

Shvetsiya yangi hukumati Ukrainaga harbiy va gumanitar yordam uchun 350 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi. Bu haqda Local Sweden portali xabar berdi.

Shvetsiyaning yangi hukumati Ukraina uchun yangi, qiymati 3 milliard kron (287 million dollar) harbiy yordam paketi va yana 720 million kron (69 million dollar) gumanitar yordam paketini e’lon qildi.

Jahon agentliklarining xabar berishicha, Shvetsiya mudofaa vaziri Pal Yunson yangi paketga, xususan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va Shvetsiya armiyasi omborlaridagi o‘q-dorilar bo‘lishini ma’lum qilgan.

Bosh vazir Ulf Kristersson matbuot anjumanida ushbu harbiy yordam paketi avvalgi sakkiztasining hammasidan kattaroqligini ta’kidladi va Shvetsiya Ukrainaga aynan ukrainaliklarning ustuvor ro‘yxatiga binoan qurol topshirishga qaror qilganini qo‘shimcha qildi.

Shvetsiyaning avvalgi sotsial-demokratik hukumati Ukrainaga umumiy qiymati bir milliard krondan ortiq bo‘lgan bir nechta harbiy yordam paketlarini bergan va bu paketlar orasida tankga qarshi tizimlar, o‘q-dorilar, shlemlar va o‘q o‘tkazmaydigan jiletlar ham bor edi.

Joriy yilning sentyabr oyidagi saylovlardan so‘ng bu hukumat o‘rnini Kristerson boshchiligidagi o‘ng va o‘ng-markaz partiyalari koalitsiyasi egallandi.

Reuters agentligining qayd etishicha, yangi paketga Ukraina so‘ragan Shvetsiya-Norvegiya yuqori texnologiyali Archer o‘ziyurar gaubitsalari kirmaydi, biroq mudofaa vaziri Yunson ular kelgusidagi paketlarga kiritilishini istisno etmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring