Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat G‘aniyev qaysi ijobiy xislatlari evaziga Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi

Shuhrat G‘aniyev qaysi ijobiy xislatlari evaziga Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov Farg‘ona viloyatida Shuhrat G‘aniyevni Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi yuzasidan majlis bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ushbu lavozimga tayinlash masalasida Shuhrat G‘aniyev nomzodida to‘xtalingani oxirgi yillarda Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan bir qator ijobiy ishlar bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Birgina joriy yilning o‘zida viloyatda 20 168 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Masalan, so‘nggi to‘rt yilda Farg‘ona viloyati davlatga g‘alla sotish rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi (har gektar yerdan g‘alla hosili 70 sentnerdan oshirilgan).

Viloyatda har gektar maydoni hisobiga 2018-2020-yillarda hosildorlik 8-10-sentnerga oshirilishi hisobiga paxta xom ashyosini tayyorlashda viloyat respublikada yetakchilik qilmoqda. Undan tashqari, bugungi kunda 9 ta paxtachilik-to‘qimachilik klasterlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, sanoat sohasida ham ko‘plab ko‘zlangan maqsadlarga erishildi. «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida ellikdan ortiq korxonalar ishga tushirildi. Qo‘shma korxonalar soni 500 ga yaqinlashdi.

Sh.G‘aniyev rahbarligida Farg‘ona shahrida Koreya xalqaro universiteti, Latviyaning ISMA oliy maktabi filiali tashkil etildi. Viloyatda bugungi kunda o‘ndan ortiq oliy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ayni kunlarda sektor rahbarlari bilan birgalikda 43 mingdan ortiq oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring