Shavkat Mirziyoyev Shuhrat G‘aniyevga omad tiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrifi doirasida viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari sessiyadagi nutqi davomida viloyatning sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyevga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar bermoqda.
— Shuhrat G‘aniyev kimgadir yoqadi, kimgadir esa yoqmaydi. Ammo uning bitta fazilati bor — u halol odam, toza ishlaydi va halovat nimaligini bilmaydi. O‘zini yuz foiz ishga bag‘ishlaydi. Ba’zi hokimlarni bilaman, dabdabaga berilib ketadi. Ammo G‘aniyev undaylardan emas.
Men undan roziman. Shuhrat G‘aniyev qattiqqo‘lligi va bilimi bilan Farg‘ona viloyati uchun katta ishlar qildi. Albatta u qattiqqo‘l, ammo hokim hammaga yoqishi shart emas, u adolatli bo‘lishi kerak.
Shu sababli ham Shuhrat G‘aniyevni Farg‘ona viloyatidan olib, eng og‘ir sohada ishga qo‘ydik. U bilimi, qattiqqo‘lligi va tadbirkorligi bilan yurtimizga xizmat qiladi.
G‘aniyev ilgari yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklaridan xulosa chiqarib, ishlashda davom etadi. Men Shuhrat G‘aniyevga omad tilab, ishlarida muvaffaqiyat tilamoqchiman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda. Xabar.uz axborot tahliliy portali sessiya faoliyatini yoritishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter