Shuhrat Abdurahmonov «yakshanba majlisi»da tuman hokimini ishdan oldi
10-dekabr, yakshanba kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov va Prezident maslahatchisi o‘rinbosari ishtirokida Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi qaroriga asosan tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan Serobiddin Ismoilovni vazifasidan ozod etish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Yig‘ilishda, deputatlar tomonidan tasdiqlangan holda, tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarish esa, bugungacha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hojiakbar Umarovga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter