Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Abdurahmonov o‘zini viloyatning otasi deb atadi

Shuhrat Abdurahmonov o‘zini viloyatning otasi deb atadi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yoshlar bilan uchrashuvida hokim viloyatning otasi ekanini ma’lum qildi.

«Bilinglar, men o‘tirgan lavozim, viloyat hokimi — viloyatning otasi degani. Shuning uchun aytaman: Andijonning qizlari mening qizlarim, bolalari – mening bolalarim. Bugundan boshlab hammang bilan ota-bola tutinamiz», degan Abdurahmonov.

Hokimlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda qizil toifadagi 36 nafar yoshlar ishtirok etishib, ularning mavjud muammolarini hal etish va alohida qo‘llab-quvvatlash ishlarini shaxsan viloyat hokimining o‘zi zimmasiga olgan.

Viloyat hokimi barcha qatnashchilar bilan birma-bir suhbatlashgan.

Fast-fud do‘konini ochish, Germaniyaga ishlash uchun borish, chevarchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tikuv mashinalariga ega bo‘lish, oliygohga kirishga tayyorlanish, harbiy xizmatgyu to‘lovi kabi o‘nlab muammolar va hatto uy-joyga ega bo‘lishda so‘ralgan yordamga ham shu joyning o‘zida yechim topish ishlari olib borildi. Barcha murojaatlar aniq shaklda yechim topib, uchrashuvda qatnashgan 36 nafar yoshlarning har biri yangi o‘zgarishlar va imkoniyatlarga ega tarzda uchrashuv joyini quvonch ila tark etdilar, deyiladi hokimlik xabarida.

Avvalroq Andijon viloyati hokimligi boshqa binoga ko‘chirilishi xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring