Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shu vaqtga qadar 335 mingdan ziyod kishi koronavirusga test qilindi - Otabekov

Shu vaqtga qadar 335 mingdan ziyod kishi koronavirusga test qilindi - Otabekov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus yuqtirgan 2189 fuqaro ro‘yxatga olingan. Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilishi davom etyapti. 4 may kuni 86 fuqaro to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Ayni paytga qadar 1405 bemor to‘liq sog‘aygan. Shifoxonalarda davolanayotgan 774 bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti

Hozirda 52 mingdan ortiq fuqaro statsionar va uy sharoitida karantin muddatlarini o‘tayapti. Kechaning o‘zida 10 ming 500 dan ziyod, shu paytga qadar esa jami 335 mingdan ko‘proq koronavirus kasalligiga laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring