Shu filmni deb o‘nlab aktyorlar saratondan vafot etishgan
Amerikaning «Istilochi» (1956) kinoepopeyasi yaratilishi kino suratga olish guruhi uchun haqiqiy dahshatga aylangan. Bu film, hatto, «Barcha zamon va xalqlarning eng yomon ellikta filmi» kitobiga kiritilgan. «Rambler» filmning yaratilishi qanday qilib o‘nlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.
Gap shundaki, ayrim sahnalar 1953-yilda yadro quroli 11 marta sinovdan o‘tkazilgan Nevada sinov maydonidan 220 km masofada suratga olingan. Buyam yetmagandek, bir necha haftalik suratga olish jarayonlaridan so‘ng film prodyuseri studiyaning o‘zida real manzarani hosil qilish uchun mahalliy tuproq va balchiqni Gollivudga jo‘natadi. Albatta, film yaratuvchilari yaqin atrofda qurol sinovdan o‘tkazilayotganidan xabardor qilingan. Biroq federal hukumat u yerda qolish sog‘likka zarar yetkazmaydi deb ishontirgan.
Film efirga uzatilgandan bir necha yil o‘tgach saraton kasalliklari tufayli odamlar birin-ketin hayotdan ko‘z yuma boshlashgan. Oxir-oqibat, 1980-yilda «People» jurnalining hisob-kitoblariga qaraganda, kino suratga olish ishlariga jalb etilgan 220 kishidan 91 nafari onkologiya bemoriga aylanishgan. Aniqlangan kasallik esa 46 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter