Shomurodov nihoyat gol urdi

Italiya chempionatining 33-turida bugun «Jenoa» o‘z maydonida «Spetsiya»ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 86-daqiqada gol urdi va jamoasining g‘alabasini mustahkamladi. Shu tariqa uning 9 o‘yindan iborat golsiz seriyasi nihoyasiga yetdi.
«Jenoa» 36 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Spetsiya» 15-o‘rinda — 33 ochko.
A Seriya, 33-tur
«Jenoa» — «Spetsiya» 2:0
24 aprel, «Luiji Ferraris»
Gollar: Skamakka (62), Shomurodov (86).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter