Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifoxona hovlisida pichoqvozlik sodir bo‘ldi

Shifoxona hovlisida pichoqvozlik sodir bo‘ldi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv bo‘layotganligi xaqida videolar tarqaldi.

Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 18 iyul kuni soat taxminan 12.00larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, «Samarqand» mahallasi hududida, mahalliy yashovchilar o‘rtasida shaxsiy adovat zamirida janjal yuzaga kelib, ulardan fuqarolar T.O. va P.I.lar tan jarohatlari bilan Kitob tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilganlar.

Shu kuni, soat taxminan 15.30larda shifoxona hovlisida to‘plangan, jabrlangan fuqarolarning qarindoshlari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan.

Aniqlanishicha, o‘zaro janjal jarayonida fuqaro P.B. mashinasida bo‘lgan pichoq bilan fuqarolar Q.I. va O.A.ga tan jarohati yetkazgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasida Kitob tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar P.B., P.A., P.B., A.A., aka va uka R.F. va R.F. hamda R.B.lar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring