Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlarga ko‘cha tozalatgan rahbar jarimaga tortildi

Shifokorlarga ko‘cha tozalatgan rahbar jarimaga tortildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoq orqali «Shifokorlarni qadriga yetmagan yurt!» sarlavhasi ostida chiqarilgan video bo‘yicha Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berishicha, joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasi 55-sonli oilaviy poliklinikasi rahbari tomonidan 7 nafar xodimni poliklinika hududini tozalash ishlariga majburan jalb etgan.

Shu sababli, poliklinika rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1 qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring