Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor yurak uchun eng zararli mahsulotlarni ma’lum qildi

Shifokor yurak uchun eng zararli mahsulotlarni ma’lum qildi

Foto: «Coream.ru»

Yurak-qon tomir tizimi uchun fastfud va yarim tayyor yeguliklar eng zararli mahsulotlar hisoblanadi. Bu haqda 3 fevral kuni diyetolog va shifokor-gastroyenterolog Nuriya Dianova so‘zlab berdi.

Shifokor fastfud aksar hollarda o‘ta yog‘li bo‘lishini tushuntirdi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda tuz va qand bor. Tayyorlash jarayonida esa qovurishdan foydalaniladi — bu ham unchalik foydali emas.

Dianovaning ta’kidlashicha, ortiqcha rafinadlangan mahsulotlar vazn ortishiga olib keladi. Ularning tarkibida, shuningdek, yurak-qon tomir tizimining asosiy dushmani bo‘lgan trans yog‘lar ham bisyor. Ateroskleroz jarayonlarini boshlab yuborishi yoki kuchaytirishi mumkin. Ular qon tomir devorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa insult va infarktga olib kelishi hech gap emas, deya ta’kidladi shifokor «Zvezda» telekanali efirida.

Yarim tayyor mahsulotlardan ham xavfsirash kerak. Ularning tarkibida ko‘pincha qand bo‘ladi. Aslida bo‘lmasligi kerak. Nuriya Dianova, shuningdek, tarkibida natriy glutamat bo‘lgan hayvon mahsulotlaridan voz kechishni maslahat berdi. Chunki ishlab chiqaruvchilar odatda nimanidir yashirishga harakat qilishadi.

«Ushbu mahsulotlarning sifatiga to‘liq ishonch hosil qila olmaysiz. Bunda qadoqdagi ma’lumotlarni sinchiklab o‘qishga to‘g‘ri keladi», — deya qo‘shimcha qildi tibbiyot xodimi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring