Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor: Xonadagi quruq havo burundan qon ketishiga olib kelishi mumkin

Shifokor: Xonadagi quruq havo burundan qon ketishiga olib kelishi mumkin

Foto: «Twitter.com»

Sovuq kunlar yaqinlashganda uyni isitish maqsadida konditsionerni yoqqandan so‘ng xonada havo namligi 10-20 foizgacha pasayadi va bu holat burundan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda  rossiyalik tibbiyot fanlari doktori, oftalmolog Sergey Xomyakovning «RIA Novosti»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Ko‘z qizaradi, unda begona jism bordek tuyuladi, ko‘zni yumganda og‘riq seziladi. Qovoqlarda qichishish va ertalablari ko‘z qobig‘ida yopishqoq suyuqlik paydo bo‘lishi kuzatiladi», — dedi Xomyakov.

Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, xuddi shunday holat burun shilliq qavatida paydo bo‘lib, nafas olish qiyinlashuvi burundan qon ketishiga sabab bo‘ladi.

«Shilliq pardalar qurib qolmasligi uchun xonaning ichki haroratini me’yorlashtirish kerak.  Buning uchun eng qulay harorat noldan yuqori 21 daraja va nisbiy namlik 50 foizdan baland bo‘lishi tavsiya etiladi.  Bu, ayniqsa, uyda yosh bolalar bo‘lganda muhim», — deya ogohlantirgan Xomyakov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring