Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar faqat burunga taqiladigan niqob yaratdilar

Olimlar faqat burunga taqiladigan niqob yaratdilar

Foto: «Tmbw.ru»

Meksika milliy politexnika instituti tadqiqotchilari kundalik hayotda koronavirus bilan kurashishda yordam beradigan faqat burunga taqiladigan niqob yaratdilar va patentladilar, deya xabar berdi Meksika hukumati saytiga asoslanib «RIA novosti».

Ta’kidlanishicha, ixtiro yuzga taqiladigan niqoblar o‘rnini egallash uchungina emas, tish shifokoriga uchraganda, ovqatlanganda odamlar salomatligini himoya qilish maqsadida yaratilgan.

Loyiha koordinatori Akosta Altamiranoning so‘zlariga ko‘ra, «Mask Eating» burun niqobini yaratish g‘oyasi, ayniqsa, SARS-CoV-2ning yuqumli variantlari oldida qo‘shimcha himoya zaruriyatidan kelib chiqqan.

Hozir tadqiqotchilar burun niqoblarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kompaniya bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring