Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor suyaklarni mustahkamlash uchun muhim tavsiyani e’lon qildi

Shifokor suyaklarni mustahkamlash uchun muhim tavsiyani e’lon qildi

Suyaklarni  kuchli va sog‘lom qilish uchun, ayniqsa, oyoq va bo‘yin mashqlariga katta e’tibor berish kerak. Bu haqda reabilitatsiya shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksandr Shishonin ma’lum qildi.

Mutaxassis suyaklarda maxsus ildiz hujayralari - osteoblastlar mavjudligini tushuntirdi. Suyakka jismoniy stress ta’sir qilganda, ular bo‘linishni boshlaydilar. Natijada yosh suyak hujayralari hosil bo‘ladi, buning natijasida suyak mustahkamlanadi.

Bundan tashqari, shifokorning ta’kidlashicha, jismoniy faollik qon aylanishini oshiradi, bu ham yangi hujayralar paydo bo‘lishiga yordam beradi. Osteoblastlar bo‘linishi bilan ular juda ko‘p oziq moddalarga muhtoj. Hujayralar ularni faqat qon oqimi orqali olishlari mumkin. Mutaxassisning fikricha, bu holatda gormonal dorilarni qabul qilish foydasiz, chunki u hujayralarni oziqlantirmaydi.

Reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassisning fikriga ko‘ra, odam har kuni oyoq va bo‘yin uchun muhim mashqlarni bajarishi kerak. Masalan, o‘tirib-turish mashqi bunda katta yordam beradi. Asta-sekinlik bilan bu mashqni bir kunda 200taga chiqarish zarur. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring