Shifokor miya faoliyatiga yaxshi ta’sir etuvchi mahsulotlarni sanab o‘tdi
Ba’zi oziq-ovqatlar miya faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular haqida diyetolog Yelena Solomatina batafsil ma’lumot berdi, deb yozadi «Vechernyaya Moskva».
Mutaxassisning fikricha, to‘yingan yog‘ kislotalari, xususan, yong‘oq, yog‘li baliq va zig‘ir urug‘i yog‘ida mavjud bo‘lgan omega-3 moddasi miya faoliyatini yaxshilaydi.
«U insonning to‘liq ishlashi uchun zarur bo‘lgan nerv impulsini himoya qiladi. Tana turli omillar ta’sirida shikastlanishi mumkin bo‘lgan miyelin izolyasiyasiga ega», deydi Solomatina.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, omega-3 yog‘ kislotalari organizmdagi yallig‘lanishni kamaytiradi va qonni suyultiradi.
B vitaminin o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlar ham foydalidir, ayniqsa jigar, turli xil go‘shtlar tarkibidagi B12 vitamini miya faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Antioksidantlar - P guruhi vitaminlari ham muhimdir. Bularga kversetin, refinatroz, polifinol kiradi. Ushbu moddalar miya hujayralarini yo‘q bo‘lishdan himoya qiladi va S vitamini saqlanishiga hissa qo‘shadi, bu anoksidantlarning ishini uzaytiradi va ularning oksidlanishini oldini oladi.
Ushbu moddalar anor, ko‘katlarda mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter