Shifokor buyrak uchun foydali mahsulotlarni aytdi
Rossiyalik diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Dariya Rusakova buyraklar uchun foydali mahsulotlarni sanab o‘tdi, deb xabar berdi Lenta.ru.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, diyetaga o‘simliklar ko‘proq qo‘shilishi kerak. Avvalo, bu vitanminga boy sabzavotlar — bodring, qovoq, rezavorlar, qulupnay, malina, shuningdek ko‘katlar.
Bundan tashqari, shifokor diyetaning turli xil bo‘lishi va baliq va go‘shtning kam yog‘li navlarini o‘z ichiga olishi kerakligini ta’kidladi. Ko‘p miqdordagi sut mahsulotlari va proteinli ovqatlar buyraklar uchun zararli bo‘lishi mumkin.
«Eng zararli narsa — yog‘li va oqsilli mahsulotlar, ko‘p miqdorda sut mahsulotlari, masalan, tvorog. Uni kuniga 300 grammdan ortiq iste’mol qilmaslik kerak», - deydi Rusakova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter