Shiddatli vabo: Afrikadagi vaziyat xavotirli tus olmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, joriy yil 1 yanvardan 15-oktyabrga qadar Yer yuzida 603 ming nafardan ziyod kishiga vabo tashxisi qo‘yilgan.
2021-yilda bu ko‘rsatkich 223 ming, o‘tgan yili esa qariyb 473 ming nafar ekanligini hisobga olsak, sayyoramizda ushbu epidemiya bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashib borayotgani oydinlashadi.
Bu yil vaboni yuqtirgan bemorlardan 3 804 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Kasallikdan eng ko‘p Afrika qit’asi aholisi aziyat chekmoqda. Xususan, yil boshidan buyon mintaqaning 16 davlatida epidemiya o‘choqlari ro‘yxatga olingan.
Bu borada Burundi, Kongo Demokratik Respublikasi, Zimbabve, Kamerun, Malavi, Mozambik va Efiopiya yetakchilar safida. Qolaversa, Suriya va Gaitida ham vaboga gumon qilinganlar soni ortib boryapti.
Avvalroq Afrikada vabo avj olgani xabar qilingandi. Jahonda vabo kuchayishi 2023-yilning fevral oyiga to‘g‘ri keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter