Shimoliy Afrikada qadimiyligi bo‘yicha Misrdan keyingi odamlar manzili topildi

Barselona universiteti arxeologlari Afrika shimolidagi ulkan Mag‘rib hududida (hozirgi Marokash) bronza davriga odamlar yashagan manzilni topishdi. Tadqiqot natijalari Antiquity jurnalida e’lon qilindi.
Yaqin-yaqinlargacha bu hududda ilk boshpanalarni finikiyaliklar miloddan 800 yillar avval kelib qurgan deb hisoblab kelingan.
Marokash shimoli-g‘arbidagi Kax-Kouch manzilgohida olib borilgan qazishmalar davomida miloddan avvalgi 2200 va 600-yillar oralig‘iga mansub qishloq topildi. Bu Kax-Kouchning O‘rta Yer dengizi Afrikasida Misrdan keyingi eng qadimiy odamlar manzili ekanligini isbotlovchi dalildir.
Kax-Kouch manzilgohi Lau daryosi yaqinidagi bir gektarga yaqin maydonda joylashgan.
Taxminlarga ko‘ra, miloddan avvalgi 2200–2000-yillarda bu yerga dastlabki odamlar kelib o‘rnashgan.
Miloddan avvalgi 1300–900-yillar oralig‘ida esa manzilda barqaror qishloq xo‘jaligi jamiyati paydo bo‘lgan va u finikiyaliklarga qadar Mag‘ribda o‘troq hayot shakllanganidan dalolat beradi.
Manzilgohning miloddan avvalgi 800–600-yillarni qamrab olgan tarixiy bosqichida esa O‘rta Yer dengizining sharqidan keltirilgan madaniyat belgilari (kulolchilik, temir buyumlar, tosh asosida yangicha qurilish an’analari)ni ko‘rish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter