Sherzod Kudbiyev yana bir lavozimli bo‘ldi
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylangan. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgan.
Konferensiya davomida delegatlar bir ovozdan Sherzod Kudbiyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashgani aytilgan. Shu paytga qadar Saida Mahmudova Stol tennisi federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Eslatib o‘tish kerak, Sherzod Kudbiyev avvalroq Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiksal institut rektori bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter