Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Kudbiyev 4 nafar rahbarning unvonini bekor qilib, ishdan bo‘shatdi

Sherzod Kudbiyev 4 nafar rahbarning unvonini bekor qilib, ishdan bo‘shatdi

Foto: O‘zA.

Soliq qo‘mitasi raisi tizimdan 4 nafar rahbarni unvonlaridan mahrum qilib, ishdan bo‘shatgan. Bu haqda O‘zA yozmoqda. 

Yo‘l qo‘ygan jiddiy xato kamchiliklari uchun Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi DSBlarining 4 nafar mas’ullari maxsus unvonlaridan mahrum etilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Shuningdek, 4 ta rahbar va mas’ullarning intizomiy javobgarliklari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning IV choragi va yillik prognoz ko‘rsatkichlarini barcha soliq turlari bo‘yicha sifatli ravishda so‘zsiz ta’minlash va qo‘shimcha daromadlarni jalb etish borasida ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi, deyiladi xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring