Toshkentda «kattalar» orqali «ish bitiradigan» shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi fuqaro T. Ya. nisbatan firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra, T.Ya. «yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali» «E-ijro» elektron auksion savdolaridan har-xil rusumdagi avtomashinalarni xarid qilib berish evaziga fuqaro S.E.ni 74 000 AQSh dollariga chuv tushirgan.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahkama xabariga o‘zimizdan jindek qo‘shsak, 74 000 AQSh dollari sanab bergan shaxsni kim nima desa, laqqa ishonadigan sodda-go‘l deb bo‘lmaydi. Chunki, savdogar toifasi bir so‘mni ikki so‘m qilishga ko‘zi yetmasa, ming-minglab dollar naqd sanamaydi-da. Anglashiladiki, «E-ijro» elektron auksion savdolari shubhadan xoli emas. Unga rostdan ham «kattalar» ta’sir o‘tkazadimi-yo‘qmi — tergov jarayonida aniqlik kiritilsa, ajabmas...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter