Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati kechiktirildi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatini kechiktirdi. Isroildagi ushbu turnir 2022-yilning aprelidan noyabr oyiga ko‘chirilgani haqida tashkilot saytida xabar berildi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan harbiy nizo tufayli shu qarorga kelingan. Qolaversa, boshqa jamoalar ham mundialda qatnashishlarini tasdiqlamagan.
FIDE har ikki mamlakatni murosaga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, FIDE 2022-yilda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan 44-shaxmat Olimpiadasi mezbonligini Moskvadan olib qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter