Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga boradi
Bugun, 14 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali gaplashgan va tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishgan.
Shuningdek, suhbat avvalida Mirziyoyev Vengriya hukumati rahbarini FIDES – Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga saylovda g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklagan. 10 kuncha oldin ham rasman tabrik yo‘llagandi.
Muloqotda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, Vengriya Bosh vazirining o‘tgan yili mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilingan.
Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, bank-moliya sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter