Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida muhim takliflarni ilgari surdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbul yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida o‘tayotgan Turkiy kengash sammitida nutq so‘zladi.
Unda Prezidentimiz qator takliflarni ilgari surdi:
- Tashkilot doirasida savdo aloqalarini kengaytirish uchun qulay va jozibador sharoitlarni yaratish;
- uchinchi davlatlardan kirib kelayotgan mahsulotlarni Tashkilotga a’zo mamlakatlarda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar hisobidan qoplash;
- Turkiy davlatlar savdo hamkorligi bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish;
- Turkiy davlatlar tashkilotining transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqliq dasturini ishlab chiqish;
- davlatlarimizdagi ixtisoslashgan tashkilotlar negizida «Injiniring va texnologiyalar markazlari»ni tashkil etish;
- kelgusi yili O‘zbekistonda «Turkiy davlatlar sanoat haftaligi»ni o‘tkazish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter