Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi.
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formatidagi majlisda ishtirok etib, nutq so‘zladi. Mintaqamiz mamlakatlari va YI o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashuv ham o‘tkazildi.
Ostona xalqaro aeroportida prezidentimizni Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi kuzatib qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter