Shavkat Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbari Vladimir Putinga Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan fojia sabab hamdardlik bildirdi.
«Sizga, qurbon bo‘lganlarning ota-onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohat olganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman.
Ushbu musibatli damlarda O‘zbekistonning ko‘pmillatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikki qayg‘udoshdir»,- deyiladi hamdardlik matnida.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qozondagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida o‘qituvchi va o‘quvchilar qurbon bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter