Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Milanga bordi

Shavkat Mirziyoyev Milanga bordi

Rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rimdan Milan shahriga keldi.

«Malpense» aeroportida oliy martabali mehmonni Lombardiya viloyati rahbariyati kutib oldi.

Davlatimiz rahbari ushbu hudud gubernatori bilan uchrashadi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazadi.

«ITMA 2023» to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurilishi ham rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring