Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi. Ularning yakunlariga ko‘ra, saylovchilarning ko‘pchiligi amaldagi Prezident va Respublika alyansiga ovoz bergan.

Ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat ekani alohida ta’kidlandi.

Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash bo‘yicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring