Shavkat Mirziyoyev dolzarb mavzuda videoselektor o‘tkazadi
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda nuroniylar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirishga qaratilgan qator muhim vazifalar belgilanishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter